Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Okt, 2007

Javohir Zokirovning yori kim?!

ChillaAncha vaqtdan buyon, biz sizlarga iste’dodli aktyor hamda rejissor Javohir Zokirovning «Chilla» filmi ustida olib borayotgan ishlari to’g'risida batafsil ma’lumotlarni berib bormoqdamiz. Yana shu haqida!

Hozirda hammamizga ma’lum bo’lganidek, Javohir Zokirov «Chilla» nomli kinofilmini suratga tushirishni davom ettirmoqda. Avvalgi yangiliklarimizdan birida, sizlarga aytib o’tganimizdek kartinani suratga tushirish, shunchaki oson ish emas. Tasvirga tushirish jarayoni olib borilayotganini kuzatib, biz aktyorlarning bir-birlariga o’zgacha bo’lgan munosabatlarini, ya’ni ahilliligini ko’rib oldik. Ammo bizlarni juda qiziqtirib o’tgan narsa shundaki, ishning ko’pligiga, uning qiyinchiliklariga qaramay, qachonki Javohir Zokirovga nazar tashlamasak, uning ko’zlaridan nur sochilib turganini ko’rishimiz mumkin. U har kuni ajoyib kayfiyatda ishlarni olib borardi. Charchoqni esa, Javohir Zokirovda hech qachon ko’ra olmaymiz. Ha aytgancha, oxirgi kunlarda muxlislarining aytishlaricha Javohir, gullar do’konidan tez-tez guldastalarni xarid qilar ekan. Qiziq, kim uchun…? Bu savol bugungi kunga qadar Javohir Zokirovning barcha muxlislarini qiziqtirmoqda. Balki bularning hammasiga sabab, kinoda suratga tushayotgan bir-biridan go’zal bo’lgan aktrisalardir… Masalan Rizvongul, Komila Zokirova yoki Ra’no Shodieva. Biz o’ylashimizcha aynan Ra’no Shodieva, Javohirning yuragidan joy egallab olgan. Yaqin kunlarda biz albatta buning tagiga yetamiz. «Chilla» filmi haqidagi yangilikalrni kuzatib boring!

Chilla

Eslatib o’tamiz, «Chilla» filmi haqidagi barcha to’liq va aniq ma’lumotlar faqat va faqat 1-raqamli portal hisoblanmish, www.Shou-bizneS.uz portalidan o’rin oladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *