Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Okt, 2009

«Janob hech kim»ning muvaffaqiyatida Alisher Uzoqovning xissasi yo’qmi?

Alisher Uzoqov«Uylanish» kartinasi arafasida betob bo’lib qolgan yosh, ammo iste’dodli aktyor Alisher Uzoqovning sog’ayib ketganidan xabar olish uchun u bilan bog’lanishga harakat qildim. Ammo aktyorni topish juda mushkul bo’lib ketdi. Keyin bilishimizcha, so’nggi kunlarda yirik matbuot nashrida bildirilgan ba’zi bir fikrlardan so’ng Alisher Uzoqov o’zining qo’l telefoni raqamini o’zgartirgan ekan…

Izlaganimning ertasi kuni aktyorning o’zi menga qo’ng’iroq qildi…
Alisher Uzoqov: Sog’ligim ancha yaxshi, Xudoga shukr. Ammo kayfiyatim yomon. Sababi, o’tgan haftada matbuot nashlarining birida men haqimda asossiz fikr — mulohazalar chop etildi. «Janob hech kim» Gran Pri olishida mening ham xissam bor deb hisoblayman. Kimdir haqida fikr bildirishdan oldin uning ijodini chuqurroq o’rganish va tahlil qilish lozim… Kimnidir chiroyli qosh-ko’zi uchun ko’klarga ko’tarib maqtashning nima keragi bor? Iste’dod birlamchi emasmi?…

Xullas, aktyor ichida bor yig’ilgan gaplarini uchrashib bafurja so’zlab berishini aytdi. Alisher Uzoqov bilan «Davr, ko’zgu, film» studiyasida uchrashdim. Aktyor kimlardan va nima uchun norozi ekanligini Alisher Uzoqov bilan bo’lib o’tgan maxsus intervyuni yaqin orada portalimiz orqali siz azizlarga taqdim qilamiz.

Aziz Muxlis! Sizning bu boradagi fikringiz qanday? O’z izohlaringizda yozib qoldirishingizni so’raymiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *