Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Yan, 2009

«Janob hech kim» kartinasining prem’erasidan…

Janob hech kimBir necha kun ilgari siz aziz foydalanuvchilarimizga rejissor Mirmaqsud Oxunovning yangi kartinasi «Janob hech kim» haqida ba’zi aniq faktlarni havola qilgan edik. Bugun esa ushbu kartinaning prem’erasi poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy nomli kinosaroyida bo’lib o’tdi. Prem’era tafsilotlari va eng sara fotosuratlar birinchilardan bo’lib SB.uz portali orqali tomosha qilishingiz mumkin…

Demak, «Janob hech kim» kartinasining prem’erasi 30 yanvar kuni soat 18:00ga qilib belgilangan edi. Lekin ba’zi sabablarga ko’ra prem’era faqatgina 18:30larda boshlandi. Eslatib o’tamiz, filmda bosh qahramon obrazlarini ajoyib iste’dodli aktyor Alisher Uzoqov va debyutant aktrisa Asal Shodieva talqin qilishgan. Scenariy muallifi Yolqin To’ychiev. Rejissor Mirmaqsud Oxunov. Kartinada iste’dodli xonanda «Nihol» mukofoti sovrindori Sardor Rahimxonning «Yo rab» va «Yomg’ir» taronalaridan foydalanilgan. Shuningdek filmda Lola Eltoeva, Mahfuza Bobotillaeva, Gulchehra Eshonqulova va boshqa ko’plab taniqli aktyor va aktrisalarning ishtirokini ko’rishimiz mumkin. Prem’eraga bastakor Doniyor A’zamov, xonandalar Anvar Sobirov, Mirjamol, Diyora, «100%» guruhi, Sardor Rahimxon va Sharof Muqimov, Sanjar Shodiev, Burxon Sharopov va boshqalar tashrif buyurishdi. 31 yanvardan e’tiboran «Janob hech kim» kartinasi katta ekranlarda. Tashrif buyuring va bahra oling.

Janob hech kim

Janob hech kim

Janob hech kim

Janob hech kim

Janob hech kim

Janob hech kim

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *