Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Iyul, 2010

Jalil hamda Shahzoda Matchonova turmush qurishmoqchimi?…

Gulim filmi haqidaBir paytlar o'z ijodini xonandalikdan boshlab, keyinchalik esa kinoakterlik ila o'z ijodini davom ettirayotgan Jalil Mavlonov hamda ko'plab filmlar orqali bizga tanish bo'lib qolgan Shahzoda Matchonovaning tez kunlarda nikox to'yi bo'lib o'tishi haqida mish-mish qulog'imizga chalinib qoldi.

Bu ham yetmaganidek, yuqoridagi fotosurat bu gapni xaqiqatga yaqinlashtira boshladi. Lekin… Lekin xaqiqatda esa ushbu ikki ijodkorni rejisser Durdona To'laganovaning yangi «Gulim» filmi bir-biriga yaqinlashtirdi. Film haqida to'xtaladigan bo'lsak, filmni taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov professional tarzda suratga tushirdi. Filmda qaxramonlar obrazini taniqli akterlar guruhi: Jalil Mavlonov, Shahzoda Matchonova, Aziz Rametov, To'ti Yusupova, Yulduz Hamidova, Mirzabek Azizov va boshqalar ijro etishdi. Film melodramma janrida bo'lib, hozirda ovoz sayqallash ishlari olib borilmoqda. Tez kunlarda film kinoixlosmandlar hukmiga taqdim etiladi. Bizni kuzatishda davom eting va film haqida batafsil ma'lumotlarni sizlarga yetkazib turamiz. Quyida esa filmni suratga olish jarayonidan fotosuratlar taqdim etamiz.

Gulim filmi

Gulim filmi

Gulim filmi

Gulim filmi

Gulim filmi

Gulim filmi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 222 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *