Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Jahongir Ahmedovning tavallud kunidan fotoreportaj!
5 Fev, 2015

Jahongir Ahmedovning tavallud kunidan fotoreportaj!

Jahongir Ahmedov tavallud kunKecha iste’dodli kinorejissor Jahongir Ahmedov o’zining tavallud kunini nishonladi. «Hayot» restoranining kichik zalida bo’lib o’tgan tavallud kun bazmida rejissorning eng yaqinlari jamul-jam bo’lishdi. Shu jumladan SB.uz portali ijodiy jamoasi ham mazkur kechaning mehmoni bo’ldi.

Jahongir Ahmedovning tavallud kuni munosabati bilan muborakbod etish uchun tashrif buyurganlar orasida Otabek Mahkamov, «Eldido» guruhi, Elyor Mahkamov, Mashhurbek, Akmal Mirzo, Asqar Hikmatov, Iqbol Meliqo’ziev va boshqalarni ko’rish mumkin edi. Ushbu kecha davomida barcha ijodkorlar nafaqat tug’ilgan kun bilan, balki Jahongirni yaqinlashib kelayotgan prem’era oldidan ham muborakbod etib, omadlar tilashdi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, 21-fevral kuni Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan «Baxt ortidan» nomli yangi kinokartinaning prem’erasi bo’lib o’tadi. Ushbu film haqida keyinroq yana batafsil to’xtalib o’tamiz. Tavallud kun bu yopiq tadbir hisoblanganligi bois, bu kechada bo’lib o’tgan voqe’liklar haqida u qadar to’xtalib o’tirmaslikka qaror qildik. Birgina shuni aytishimiz mumkinki, tavallud kun bayramona o’tishi uchun «Eldido» guruhi o’z qo’shiqlari bilan tashrif buyurganlarni raqsga chorlagan bo’lsa, tabrik navbatini berib, kechada boshlovchilik qilish vazifasini Akmal Mirzo juda ham yaxshi uddaladi.

Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi hamda kinorejissorning muxlislari nomidan yana bir bor chin dildan tavallud ayyom bilan Jahongir Ahmedovni muborakbod etib qolamiz!!! Eng ezgu tilaklar siz tomon yo’naltiriladi.

Quyida siz azizlar uchun tavallud ayyomi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 750 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *