Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Iqbol Meliqo’zievdan yangi film: «Kuyovjo’ra»!!!
5 Apr, 2015

Iqbol Meliqo’zievdan yangi film: «Kuyovjo’ra»!!!

Kuyovjo'raAyni kunlarda iste’dodli kinorejissor Iqbol Meliqo’ziev o’zining «Kuyovjo’ra» nomli yangi kinokartinasini suratga olmoqda. Suratga olish ishlarining deyarli so’nggi kunlari bo’lib o’tayotgan mazkur kartinada Shahzoda Muhammedova, Asqar Hikmatov, Sherzod Bin, Zuhra Solieva kabi taniqli aktyor va aktrisalarni ko’rishingiz mumkin.

SB.uz portali ijodiy jamoasi ham bugun «Kuyovjo’ra» filmining suratga olish jarayoniga tashrif buyurdi. Mazkur jarayondan esa siz azizlarga maxsus fotoreportaj ham tayyorladik. Bugungi suratga olish ishlari Toshkent shahrining ko’rkam bog’laridan biri bo’lmish Milliy bog’da bo’lib o’tdi. Film rejissori Iqbol Meliqo’ziev suratga olish ishlari bilan juda ham band bo’lganligi sababli u bilan suhbat qurish imkoni bo’lmadi. Lekin, portalimizni kuzatib borsangiz, albatta mazkur kartina haqida biz yana ko’plab ma’lumotlarni sizlarga taqdim etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!!!

Quyida siz azizlar uchun filmni suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 830 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *