Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Imkon» filmi prem’erasidan reportaj!!!
1 Iyun, 2013

«Imkon» filmi prem’erasidan reportaj!!!

Imkon prem'era31 may soat 18:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bir guruh o’zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan yangi «Imkon» filmining prem’erasi bo’lib o’tdi. Bu film haqida biz sizlarga avval ham ma’lumot bergan edik. Adiz Rajabov hamda Shahzoda Matchonova tandemida ishlangan mazkur kartina prem’erasidan fotoreportajni taqdim etamiz.

Yosh rejissor Dilshod Ahemdov o’zining debyut filmi «Imkon» kartinasini keng ommaga havola qildi. Filmda voqealar asosan yosh oilaning atrofida sodir bo’ladigan voqealar bilan rivoj topadi. Hayotiy voqeliklar asosida suratga olingan mazkur kartinada kelin va kuyovning yo’ldan adashishlaridan tortib, keyinchalik oq va qorani farqiga yetishlari ko’rsatiladi. «Obod turmush» yiliga bag’ishlangan mazkur film darhaqiqat oilani saqlab qolish uchun qilingan harakatlarni keng namoyish etgan. Iste’dodli aktyor va aktrisalar o’zlariga berilgan rollarni qoyilmaqom qilib ijro etib berishgan. Film prem’erasida zal tomoshabinlar bilan to’lib-toshdi. Ertadan shahrimiz kinoteatrlarida namoyishi boshlanadigan «Imkon» filmining har bir seansiga ham odam bugungi kabi to’lib toshishiga tilakdosh bo’lib qolamiz.

Prem’era jarayonidan eksklyuziv fotosuratlarni SB.uz portali uchun maxsus ravishda «Asr media» foto va video studiyasi tasvirga tushirdi.

Asr Media

Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 1 851 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. Sayt ijodkorlariga qoyil 2 joyda bo`lgan 2 premyerani qoldirmasdan muhlislariga yetkazdi manimcha ko`pro vaqt Imkon film premyerasida bo`lgan shekilli chunki rasmlar va tayyorlangan maqoladan bilinib turibdi Shahzoda Matchonovani yana katta ekranlaga qaytganidan xursandman Dineyra ham haqiqiy dugona doimo birga. Sayt Girdob filmiga ham axborot hamkori bo`lsa kerak a?

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *