Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Fev, 2010

«Hijron» prem'erasiga taklifnoma yutib ol!

Hijron10 fevral kuni ilk tomoshabinlarini topadigan «Hijron» badiiy filmi uchun maxsus taklifnoma yutib olish imkoniyati sizda mavjud. Filmning ilk tomoshabiniga aylanish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. Faqatgina birgina savolga javob topish kifoya!

Yosh ijodkor Yodgor Nosirovning rejissorlik borasida debyut ishi (Eslatib o'tamiz, Yodgor Nosirov yakka tarzda rejissorlik borasida bu ilk ishi hisoblanadi) bo'lmish «Hijron» filmining katta prem'erasiga atigi 2 kun qoldi. Film uchun maxsus taklifnomani qo'lga kiritish niyatida bo'lgan foydalanuvchilarimiz quyida keltirilgan savolga o'z javoblarini info@sb.uz manziliga yo'llashlari va maktubda telefon raqami ham ko'rsatilishi so'raladi. Faqatgina birinchi aniq javob egasi ikki kishilik taklifnoma g'olibiga aylanadi!

Savol:
«Hijron» badiiy filmida bosh qahramon qiz rolini ijro etgan Munisa Rizaeva «Tarona-shou» konsert dasturlarini birida ilk bor chiqish qilgan. Xo'sh, qahramonimiz aynan qaysi yili «Tarona-shou»da ishtirok etgan?

Javoblaringizni info@sb.uz manziliga yo'llang!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *