Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Hasan ibn Husan» filmi prem’erasidan…
27 Sen, 2013

«Hasan ibn Husan» filmi prem’erasidan…

Hasan ibn HusanBugun 2013 yil 27 sentyabr kuni soat 18:00da Alisher Navoiy kinosaroyida kinorejissor Javlon Shodmonovning «Hasan ibn Husan» nomli yangi fantastik komediyasi prem’erasi bo’lib o’tdi. Bosh rol ijrochisi, mahoratli aktyor Muhammad Iso Abdulhayirov bu safar ham o’ziga topshirilgan rolni qoyilmaqom tarzda ijro etgan.

Filmning ilk daqiqasidan boshlangan kulgu, kinokartinaning so’ngiga qadar davom etdi. Qiziqarli syujetlarga boy bo’lgan «Hasan ibn Husan» filmi ertadan, ya’ni 28 sentyabrdan boshlab katta ekranlarda namoyish etila boshlanadi. Filmga albatta tashrif buyurib, bir bora tomosha qilishni tavsiya etamiz. Film bunga arziydi. Mazkur film taqdimotini Mr Jocker olib bordi. Prem’eraga doimgidek film ijodkorlari, taniqli aktyorlar, kino olami vakillari tashrif buyurdilar. Javlon Shodmonovning har bir filmi kabi, bu safar ham kinoteatr tomoshabin bilan to’ldi. Prem’eradan maxsus fotosuratlar hamkorimiz «Asr Media» studiyasi tomonidan suratga tushirildi.

 

Asr Media

Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 461 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *