Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Hasan ibn Husan» filmi 28 sentyabrdan!!!
17 Sen, 2013

«Hasan ibn Husan» filmi 28 sentyabrdan!!!

Hasan ibn HusanO’zbek kino industriyasi tobora rivojlanib bormoqda. Kinoijodkorlarimiz esa ketma-ket yangidan yangi filmlarni tomoshabinlarga taqdim etishda davom etishmoqda. Mana bugun biz sizlarga yana bir yangi film haqida ma’lumot yetkazish uchun tayyor turibmiz. Yangi film «Hasan ibn Husan» deb antiqa nom oldi.

Qiziq, film nima uchun bunday nomlangan ekan, degan savol tug’ilishi tabiiy. Biroq, film ijodkorlari hozircha bu savolni ochiq qoldirishdi. Ammo, mazkur kartinada taniqli komik aktyor Muhammad Iso Abdulhayirov bir emas, ikki obrazda namoyon bo’ladi, ya’ni Hasan va Husan. Film afishasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, go’yoki ularning biri jiddiy, ikkinchisi esa quvnoq obrazlarga o’xshaydi. Aslidachi? Aslida qanday ekanligini 27 sentyabr kuni bo’lib o’tadigan prem’eradan so’ng bilib olishimiz mumkin. Xo’sh, endi asosiy savolga o’tsak — aniqrog’i film ijodkorlari o’zi kimlar? «Zamonaviy sovchilar», «Payshanbadan payshanbagacha» kabi kinokartinalar orqali sizlarga yaxshi tanish bo’lgan ijodiy guruh ushbu «Hasan ibn Husan» filmini tasvirga tushirishgan bo’lib, fantastik komediya janrida suratga olinganligini ta’kidlab o’tishdi. Film rejissori Javlon Shodmonov mazkur filmni prem’erasini o’tkazishi bilanoq navbatdagi filmni suratga olish ishlarini boshlab yuborishini yashirib o’tirmadi. Nima ham derdik, omad senga yor bo’lsin, Javlon!!!

Hasan ibn Husan


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 635 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *