Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Gulnora Qosimova — Endi u ham fotomodel!!!
30 Avg, 2013

Gulnora Qosimova — Endi u ham fotomodel!!!

Gulnora QosimovaSB.uz portali yana bir ajoyib xabarni siz azizlarga taqdim etadi. Yodingizda bo’lsa, biz bir necha bor sizlarga xonanda va aktrisa Aziza Halilovani Malayziyada fotomodellik bilan shug’ullanayotganligini ma’lum qilib, fotosuratlarini taqdim etgan edik. Mana endi yana bir aktrisamiz Gulnora Qosimova ham modellik faoliyati bilan shug’ullanayotganligidan sizni xabardor etmoqdamiz.

Gulnora Qosimova bir necha yildan buyon AQSHda tahsil olayotgan edi. Buni qarangki, unga AQSHning modellik kompaniyalaridan biri qiziqish bildirib, Gulnoraga fotomodellik faoliyati bilan shug’ullanishni taklif qilgan. Gulnora Qosimova esa bu haqida bir muddat o’ylab chiqib, rozilik bildirgan. Bugungi kunda Gulnora Qosimova AQSHda o’z modellik faoliyatini boshladi. Biz siz aziz muxlislarga Gulnoraning mazkur modellik faoliyatidan o’rin olgan bir qator fotosuratlarini havola etamiz. Marhamat, fotosuratlardan bahramand bo’ling! Gulnoraga esa boshlagan ish faoliyatida faqat va faqat omadlar tilab qolamiz, O’zbekiston nomini dunyoga tanitishda hech ham charchamasin!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 2 835 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *