Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Avg, 2010

«Gulim» filmi prem'erasi bo'lib o'tdi!

GulimBugun Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda yosh rejissor Durdona To'laganovaning «Gulim» nomli filmining prem'erasi bo'lib o'tdi. Melodrama janrida suratga olingan mazkur kartina namoyishi barchaga birdek manzur bo'ldi.

So'nggi paytlarda film namoyishi davomida tomoshabinlar namoyish yakuniga yetmasdan zalni tark etayotganliklariga guvoh bo'layotgan edik. Ammo, bu film prem'erasida bunday holat kuzatilmadi. Demak, bu filmning yutuqlaridan biri hisoblansa, ajab emas. Filmdagi asosiy qahramonlar rolini talqin etgan Abdulalil Mavlonov hamda Shahzoda Matchonova ijrolariga yuqori baho berish mumkin. Kartinada shuningdek, Mirza Azizov, Aziz Rametov, To'ti Yusupova kabi taniqli kino san'ati vakillari ishtirok etishgan. Film mazmuni asosan bosh qahramonlar Yodgor hamda Guli obrazlari bilan aloqador bo'lib, ularning taqdiri bir ekanligini ifodalaydi. Film haqida to'liq xabar berib o'tirmaymiz. Zero, kinotomoshabin uchun filmni bilmagan holda kuzatgan qiziqroq, deb o'ylaymiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 147 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *