Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«FM Sevgi» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!
31 Okt, 2014

«FM Sevgi» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!

FM SevgiBugun Alisher Navoiy kinosaroyida «FM Sevgi» nomli yangi badiiy filmning prem’erasi bo’lib o’tdi. Mazkur film prem’erasiga bizni Yigitali Mamajonov taklif qildi. Taklif uchun tashakkur bildirgan holda maxsus fotoreportajni siz azizlarga taqdim etamiz.

Kinorejissor Rustam Sa’dievning «FM Sevgi» nomli yangi filmi prem’erasi bugun, 31 oktyabr kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyida bo’lib o’tdi. Prem’eraga o’zbek kinosi olami ijodkorlari tashrif buyurishdi. Barchalarini nomma-nom sanab o’tirmaymiz, yaxshisi kimlar tashrif buyurganligini quyidagi fotosuratlar so’zlay qolsin. Afsuski film haqida birorta ma’lumot bera olmaymiz. Faqatgina mazkur film «Sevgi balki bu jannat» kartinasining davomi ekanligini aytib o’tishimiz mumkin, xolos. Shuningdek, filmda Yigitali Mamajonov hamda Yulduz Rajabovalar bosh rollarni talqin etishganligidan xabarimiz bor. Filmni tomosha qilish imkoniyati bo’lmadi. Zero, biz prem’era boshlanmasidan oldin kinoteatrni tark etishga majbur bo’ldik. Chunki, Ziyodaning konsert dasturiga borishimiz darkor edi. Umid qilamizki, ushbu kinokartina yaxshi filmlar qatoridan joy oladi. Yigitali hamda Yulduz bosh rollarda ekan, film yaxshi chiqqanligiga ishonish mumkin.

Quyida siz azizlar uchun prem’era davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 1 425 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *