Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Okt, 2007

Film suratga olish osonmi?

ChillaKinoning yaratilishi nafaqat qiziqarli ish jarayonidan, balki foyda keltiradigan biznesdan ham iborat. Bu ish bilan shug’ullanish naqadar sevinarli deb o’ylasangiz kerak, chunki sevimli ish bilan shug’ullanishingiz bilan bir qatorda moliyaviy tarafingizni ham yaxshilaysiz. Ammo bu shunchaki oson emas!

Chiroyli kadrlar orqasida qancha-qancha kuch-quvvat, harakat hamda havf-xatar yashiringan. Kinoni suratga olish jarayonida bo’lgan quvonch va o’ziga yarasha qiyinchiliklari bilan bizni ushbu filmning postanovkachi-rejissori G’ofur Ergashev va bosh qahramon rolini ijro etayotgan Javohir Zokirovlar tanishtirib o’tishdi.
Javohir Zokirov: Kinoning yaratilishi nafaqat aktyorning mahoratli ijrosini talab qiladi, balki jarayonning yaxshi uyushtirilishidan ham iborat. Oddiy misol keltirishim mumkin, mos keladigan joyni tanlab olish oson emas, nihoyat topildi deb o’ylasak rad javobi keladi. Shunday voqea kelinning uyi bilan sodir bo’ldi. Na iloj kechayu-kunduz yangi suratga olish joyini qidirishga to’g'ri keldi. Ammo yangi topilgan uy endi bizning operator Rustam Muradovga ma’qul kelmadi. Uyning oppoq devorlari va oynalarning ko’pligi suratga olish jarayonini murakkablashtiradi. Bularning bariga qaramay uy topildi! Film divinali formatida olingan.
G’ofur Ergashev: Tomoshabinlarga go’zal, sifatli, ranglarga boy bo’lgan suratni taqdim etishni istaymiz. Shuning uchun sifatli tehnika va chiroqlardan foydalaniladi. Bundan tashqari grim, liboslar, avtomobillar va boshqa rikvizitlar katta ahamiyatga ega, desak ham adashmaymiz. Ekranda chiroyli, oson ko’rinadigan narsalar aslida ko’p kuch sarf etishni talab qiladi. Barcha qiyinchiliklarni yengib o’tgan holda, katta istak bilan tasvirga olish guruhi «Chilla» nomli filmni tayyorlashmoqda. Film juda ham qiziqarli, mehrga, sevgiga to’la bo’lishiga va’da beradi. Biz esa sizlarni so’nggi yangiliklar bilan tanishtirishga ishontirib o’tamiz.

Chilla

Chilla

Chilla


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 174 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *