Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Sen, 2008

«Feride» katta ekranda!

Bugundan poytaxtimiz kinosaroylaridan birida, kinorejissor Yolqin To’ychievning «Feride» filmining katta prem’erasi bo’lib o’tdi. Ushbu film haqida biz portalimizning yangiliklar bo’limi orqali batafsil to’xtalib o’tgan edik. Endi esa, prem’era tafsilotlari va fotosuratlari bilan tanishing!!!

«Feride» filmining prem’erasini tomosha qilish uchun jamoatchilik bilan birga keng kino ihlosmandlari, kino va matbuot jurnalistlari, bir nechta o’zbek estradasining xonandalari, radioboshlovchilar va kinorejissorlar tashrif buyurishdi. Kinosaroyga odatdagidan ancha ko’p tomoshabin tashrif buyurganligi shundoqqina ko’rinib turardi. Xattoki, kinosaroyning kassasida prem’era uchun chiptalar ham qolmagan edi. Soat millari 17 ga yaqinlashar ekan, kinoshinavandalar kinoning prem’erasini ko’rish uchun zallardan o’z joylarini egallashdi. Va nihoyat, sahnaga rejissor Yolqin To’ychiev boshchiligidagi ijodiy guruh tashrif buyurishdi. Rejissor o’z navbatida kichikkina ijodiy guruh bilan tanishtirganidan so’ng, film prem’erasi boshlandi. Film avvaliga juda qiziqarli tarzda kechdi. Lekin filmning kadrlarida xatoliklar ham ko’zga tashlandi. Guruch kurmaksiz bo’lmagani kabi… Ushbu filmda sevgi uchburchagi yuzaga keladi. Bular Farhod (Farruh Soipov), Feride (Indi) va Nargiz (Gulchehra Eshonqulova). Bu uchburchak qanday yechim topishini esa, filmni tomosha qilib bilib olishingiz mumkin. «Feride» filmining prem’erasiga bastakorlar Jakhongir.uz va Doniyor A’zamov, kinorejissorlar Zebo Navro’zova, Melis Abzalov, Ayub Shahobiddinov, xonandalar Manzura, Shahzoda, Shahriyor, «A’lo FM» va «O’zbegim taronasi» radiosi vakillari, OAV hodimlari va boshqa mehmonlar tashrif buyurishdi. SB.uz portali ijodiy jamoasi «Feride» filmini kinosaroyga kelib, tomosha qilishni tavsiya etadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 54 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *