Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Avg, 2010

«Farishta» oilaviy film!

Farishta - oilaviy film27 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda rejissor Yolqin To'xchievning navbatdagi «Farishta» nomli yangi kartinasining prem'erasi bo'lib o'tdi…

Yolqin To'ychievning ushbu filmi tragik-drama janrida suratga olingan bo'lib, unda bosh rollarni Saida Rametova, Uchqun Tillaev, Alisher Uzoqov, Ilmira Rahimjonova, Sherzod Saydaliev (Sherzod Bin) kabi kino sohasining yetuk ijodkorlari talqin qilishgan. Bastakor Shuhrat Zokirov. Rasssom Bektosh Rajabov.Operator Jamshid G'aniev. Film «Sharq sinema» studiyasi hamda «Kinomaniya» kinokompaniyasi mahsuloti. Film uchun maxsus saundtrekni xonanda Nilufar Usmonova ijro etgan.
Yolqin To'ychievning yangi kartinasi saroyga yig'ilgan tomoshabinni ilk syujetning o'zidayoq jalb qila oldi. Ayniqsa, filmda Saida Rametova yaratgan obrazi alohida e'tiborga molik. Har doimgidek, «Qaynona» obrazini yaratganiga qaramay, avvalgilaridan butunlay farq qilardi. Kartinaning kulminatsion nuqtasi bu Alisher Uzoqovning o'ldirib ketilishi bo'ldi…
Prem'eraga Aziz Rametov, Sardor Rahimxon, «Bayon» guruhi, Umar Shamsiev, rejissorlar Sanjar Shodiev, Jahongir Ahmedov, Jasur Shametov, Shohida Uzoqova va boshqalar tashrif buyurishdi. Film bugundan e'tiboran «Kinochilar uyi» va Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda namoyish qilinmoqda.

Farishta - oilaviy film

Farishta - oilaviy film


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 81 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *