Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Farhod va Shirin»: yangi film suratga olinmoqda!
23 Iyul, 2014

«Farhod va Shirin»: yangi film suratga olinmoqda!

Farhod va Shirin«Yondiradi kuydiradi», «O Maryam, Maryam», «Jodugar» filmlari ijodkorlari yana bir yangi kinoasar ustida ish boshlashdi. Ularning yangi filmlari «Farhod va Shirin» deb nomlanadi. Melodrama janrida suratga olinayotgan mazkur filmda bosh rollarda Lola hamda Umid Iskandarovni ko’rishingiz mumkin.

Shuningdek kartinada, Nargiza Salomonova, Feruza Abduraimova, Shavkat Komilov, Muyassar Berdiqulova, Baxshillo Fatullaev, Barno Qodirova, Feruza Normatova kabi aktyor va aktrisalarni ham o’zlariga topshirilgan rollarini talqin etishmoqda. Film rejissori Tal’at Mansurov. Ssenariy mualliflari Feruza Fattohova, Saida Vahobova. Prodyuser Ruslan Mirzaev.
Bugun SB.uz portali ijodiy jamoasi ham mazkur filmni suratga olish jarayoniga tashrif buyurib, bir qator eksklyuziv fotosuratlarga tushirdi. Mazkur fotosuratlarni siz azizlar e’tiboringizga tortiq etishga tayyormiz. «Farhod va Shirin» filmi haqida biz sizlarga hali juda ko’p ma’lumotlar yetkazamiz. Shunday ekan, bizning portalni kuzatishda davom eting!!!

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 263 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *