Ertaga yangi film prem’erasi: «Nafrat»!!!
«Fox Music Cinema» taqdim etadi: «Nafrat» yangi kinokartina prem’erasi ertaga bo’lib o’tadi. So’nggi paytlarda yangi chiqayotgan filmlar prem’erasi 2 kinoteatrda bo’lib o’tmoqda. Soat 17:00da Kinochilar Uyida bo’lib o’tsa, ikkinchi prem’era soat 18:00da Alisher Navoiy kinosaroyida bo’lib o’tmoqda.
«Nafrat» kartinasi prem’erasi ham xuddi shunday bo’lib o’tadi. «Fox Music Cinema» studiyasi tomonidan taqdim etilayotgan mazkur film rejissori Durdona To’laganova hisoblanadi. Film operatori Sherzod Umarov. Bosh rollarda Sug’diyona Azimova, Sanjar Matkarimov, Shokira Doniyorova hamda Munisa Xo’jaeva. Film bastakori Doniyor Agzamov. Dizayner Murod Saxaev. Ijrochi prodyuser Sherzod Yosinov. Ertaga prem’eradan so’ng fotoreportajni kutib qoling!!!