Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Avg, 2014

Ertaga prem’era: «Sensiz hayot zerikarli»!!!

Sensiz hayot zerikarliO’zbekistonda kinoindustriya jadal ravishda rivojlanib bormoqda. To’g'ri suratga olinayotgan filmlar orasida hamma filmni ham yaxshi filmlar qatoriga qo’shib bo’lmaydi. Afsuski, ularning aksariyati sayoz filmlar. Biroq, musulmonchilik asta-sekin, deganlaridek, bizning kinolar ham yaxshi tarafga o’zgarishidan umidvormiz.

Biz bu gapimiz bilan bugungi kunda suratga olinayotgan barcha kinokartinalarni sayoz, deyishdan yiroqmiz. Ularning orasida «pichoqqa ilinadigan» kinokartinalar ham uchrab turadi. Ertaga prem’erasi bo’lib o’tadigan «Sensiz hayot zerikarli» nomli filmni ham mana shunday yaxshi kartinalar qatoriga kiritsak, menimcha mubolag’a bo’lmasa kerak. Bunday deyishimizga bir qator sabablar bor. Birinchidan, mazkur filmda professional aktyorlar jamoasi yig’ilgan. Ikkinchidan, filmda yoshlarning sevimli kinoyulduzi, Alisher Uzoqov bosh rolni talqin etgan. Xabaringiz bor Alisher Uzoqov anchadan buyon birorta ham kinokartinada suratga tushmayotgan edi. Uzoq kutilgan Uzoqovdan albatta yaxshi rolni kutishimiz tabiiy. Ishonchimizni u albatta oqlaydi, deb umid qilamiz! Keling, «Sensiz hayot zerikarli» filmi haqidagi fikrlarimizni shu yerda hozircha yakunlasak. Ertaga, prem’eradan so’ng aniqroq fikr bilan yana yuzlashamiz azizlar!!! Hozircha esa filmni suratga olish jarayonidan eksklyuziv fotosuratlar va film treylerini qarshi oling!!!

Sensiz hayot zerikarli (treyler) (150)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 903 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *