Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
«Er bermoq, jon bermoq 2» filmi yopiq prem’ersidan foto va videoreportaj!
12 Mart, 2017

«Er bermoq, jon bermoq 2» filmi yopiq prem’ersidan foto va videoreportaj!

Er bermoq, jon bermoq 2 yopiq prem'eraKecha, 11-mart kuni «Zarafshon» kinokonsert zalida o’zbek kinosining eng nomdor rejissorlaridan biri hisoblangan Rustam Sa’diev o’zining navbatdagi kinokartinasini shou-biznes olami vakillari hamda OAV hodimlari uchun maxsus yopiq prem’erasini o’tkazdi.

«Er bermoq, jon bermoq» filmining birinchi qismini tomosha qilgan tomoshabinlarning barchasi kartinaning 2-qismini ham orziqib kutishayotgan bo’lsa ajab emas. Aynan mana shu kinomuxlislar uchun quvonchli xabar: va nihoyat film katta ekranlarga chiqmoqda! «Er bermoq, jon bermoq 2″ filmida bugungi kundagi ijtimoiy muammolardan biriga aylanib borayotgan ajralishlar muammosi ko’tarilgan. Arzir-arzimas sabablar bilan yosh oilalarni barbod bo’lib ketishi bu barchani dilini xira qiladi. Bu muammoni yechimi esa nazarimda murosai-madora! Filmning yopiq prem’erasi juda ham qiziqarli o’tdi. O’zbek san’ati olamining ko’plab vakillari, sport sohasining yetuk namoyondalari, jurnalistlar, kinoijodkorlar prem’eradan so’ng juda ko’p uchrayotgan ajrashish holatlarini oldini olish yuzasidan o’zaro fikr ham almashishdi. Mana shu yopiq prem’eradan tayyorlangan maxsus videoreportajni quyida tomosha qilishingiz va fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 6 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *