Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Endi «Zamonaviy sovchilar 3»ni ko’ramiz!!!
23 Noy, 2013

Endi «Zamonaviy sovchilar 3»ni ko’ramiz!!!

Zamonaviy sovchilar 3Javlon Shodmonov boshchiligidagi bir guruh kinochilar ketma-ket filmlar suratga tushirishmoqda. Ularning deyarli har bir filmi muvaffaqiyat qozonayotgani sir emas. Ayniqsa ular orasidan «Zamonaviy sovchilar» va «Zamonaviy sovchilar 2″ filmini ajratib ko’rsatishimiz mumkin. Endi esa navbat «Zamonaviy sovchilar 3″ga!!!

Javlon Shodmonov, Qobil Samigov hamda Jasur Shodmonovlar tomonidan yozilgan ssenariy asosida «Zamonaviy sovchilar» filmining 3-qismi ham suratga tushirildi. Mazkur film rejissori albatta Javlon Shodmonov hisoblanadi. Yumorga boy bu film ham avvalgilari singari tomoshabin e’tiborini bir lahzada torta oladi, deb umid qilamiz. Hozircha ushbu kinoijodkorlar jamoasi kinotomoshabinlarni hafa qilishmayapti. Ishonamizki, bundan keyin ham ajoyib filmlari bilan hammani ko’ngliga yo’l topa olishadi. «Zamonaviy sovchilar 3″ filmida Muhammad Iso Abdulhayirov, Ubaydullo Omon, Muyassar Berdiqulova, Nargiza Abdullaeva kabi aktyor va aktrisalarimiz bosh rollarni ijro etishgan. Shuningdek, maxsus taklif bilan Alisher Uzoqov hamda Zarina Nizomiddinovalar taklif etilgan. Ularning roli kichik bo’lsada, e’tiborda qoladigan rol bo’ladi albatta. Bugun biz sizlarga mazkur filmning suratga olish jarayonidan bir qator fotosuratlarni taqdim etmoqdamiz. Marhamat, fotosuratlarni tomosha qiling!!! SB.uz portalini kuzatib boring va ushbu filmga oid barcha ma’lumotlardan xabardor bo’lib borasiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 2 208 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *