Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Sen, 2012

«Endi dadam bo'ydoq»…

Endi dadam bo'ydoqTaniqli kinoaktyor Alisher Uzoqov «shahmat o'ynini» yo'g'e, o'z filmini davom ettiradi. «Mening akam bo'ydoq» nomli film bilan kinorejissorlik borasidagi o'z debyutini nishonlagan Alisher Uzoqov «Endi dadam bo'ydoq» kartinasini ham suratga tushirib bo'ldi. Tez kunlarda katta ekran yuzini ko'rishi rejalashtirilayotgan mazkur film prem'erasiga katta taraddudlar ko'rilmoqda.

«Endi dadam bo'ydoq» filmi «Mening akam bo'ydoq» filmining davomi sifatida suratga olingan bo'lib, unda deyarli o'sha aktyorlar jamoasi ko'rishimiz mumkin. Film albatta komediya janrida suratga tushirilgan bo'lib, sizni e'tiboringizni torta oladigan kinosahnalarga juda boy. Umid qilamizki, Alisher Uzoqovning rejissorlik borasidagi yurishlari ham zafarli kechishda davom etadi va doimo o'z tomoshabinlariga ega filmlarni suratga tushiradi. «Endi dadam bo'ydoq» kinokartinasi haqida biz yana alohida to'xtalamiz, hozircha esa film uchun ishlangan posterni e'tiboringizga tortiq etamiz.

Endi dadam bo'ydoq


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 1 041 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *