Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Endi bizda ham «Ishdagi ishq» nomli filmimiz bor!!!
18 Fev, 2015

Endi bizda ham «Ishdagi ishq» nomli filmimiz bor!!!

Ishdagi ishqO’zbek kinoijodkorlari ketma-ket yangi filmlarni suratga tushirishayotganligi haqida siz azizlarga xabar berib kelmoqdamiz. Mana bugun yangi suratga olingan kinokartinalardan biri haqida yana ma’lumot beramiz. Kinorejissor Iqbol Meliqo’ziev tomonidan suratga olingan «Ishdagi ishq» kinokartinasi tez kunda ekran yuzini ko’radi.

«Ishdagi ishq» — film nomini o’zi kinotomoshabinlarning diqqatini tortadi. Eng birinchi bu nomni eshitganimizda bir paytlar rus kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan ushbu nomli kinokomediya yodimizga tushadi. Biroq, endi bizning o’zimizning «Ishdagi ishq» nomli kinokartinamiz bor. Xo’sh, Iqbol Meliqo’ziev tomonidan suratga olingan «Ishdagi ishq» kartinasi o’sha barchamiz bilgan rus filmidan olinganmi? Bu savolga keyinroq javob beramiz. Hozircha esa filmda bosh rollarni kimlar ijro etgan, degan savolga javob berib o’tamiz. Muhammadiso Abdulhayirov, Sherzod Bin, Nargiza Salmonova, Asqar Hikmatov, Jahongir To’lqunov, Zuhra Solieva, Xosiyat Xusanova va yana bir qator aktyorlarni mazkur filmda ko’rishingiz mumkin. «Ishdagi ishq» filmi tez kunlarda katta ekranlarga chiqadi. Portalimizni kuzatib borsangiz, filmga oid so’nggi xabarlardan boxabar bo’lib borishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 2 589 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *