Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Avg, 2011

«Diqqat! Shaharda sevishganlar»…

Diqqat! Shaharda sevishganlar«Diqqat! Shaharda sevishganlar» kartinasi Ikrom Alining ilk rejissorlik ishi hisoblanadi. Ssenariy muallifi Dilafruz Muhammedjanova. Film romantik komediya janrida suratga olingan. Hozirda montaj ishlari yakuniga yetish arafasida.

Mazkur filmda ishtirok etgan aktyorlarning barchasi ijro etayotgan obrazlariga mos tarzda tanlangani e'tiborga molik. «Diqqat! Shaharda sevishganlar» filmi hozirgi yoshlarning hayotidan olingan bo'lib, ularning turmush tarzi, ko'chadagi, ishxonadagi hayoti aks ettirilgan. Suratga olish ishlari 3 oy mobaynida davom etgan. Ushbu filmda «UzTim» guruhi xonandalari Islom Davudov, Avaz Isomuhammedov, shuningdek Jamshid Abduazimov, Zuhra Solieva, Ma'mur Holmedov kabi bir qancha taniqli aktyor va aktrisalarimiz rol ijro etishgan. Film uchun maxsus saundtrek qo'shiqni «UzTim» guruhi yigitlarining o'zlari ijro etdilar. Ushbu qo'shiq «Tamanno» deb nomlanadi. Tarona uchun klip ham tasvirga tushirib bo'lingan. Bundan tashqari yana bir asosiy saundtrek ham tayyorlanmoqda. U qo'shiqni ham «UzTim» guruhi ijro etadi faqat ular bilan birgalikda boshqa duetdosh ham bor. Biroq, u kimligi hozircha sir saqlanmoqda.
«Diqqat! Shaharda sevishganlar» filmining prem'erasi sentyabr oylarining boshlarida bo'lib o'tishi rejalashtirib qo'yilgan. Quyida esa mazkur film uchun «UzTim» guruhi tomonidan ijro etilgan «Tamanno» qo'shig'iga ishlangan klipni ko'chirib olish uchun yo'llanma ham keltirilgan.

Klipni ko'chirib olish

Diqqat! Shaharda sevishganlar

Diqqat! Shaharda sevishganlar

Diqqat! Shaharda sevishganlar


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 207 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *