Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Dilshod Ahmedovdan «Kechir sevgi» filmi suratga olinmoqda!!!
13 Fev, 2015

Dilshod Ahmedovdan «Kechir sevgi» filmi suratga olinmoqda!!!

Kechir sevgiBugungi kunda o’zbek kinoijodkorlari tomonidan ketma-ket filmlar suratga olinmoqda. Ana endi esa kinochilar orasida raqobat paydo bo’ldi. Bu albatta ijobiy natijalarga erishish uchun yaxshi imkoniyat. Mana shu raqobat orasida Dilshod Ahmedov ham o’zini yaxshi ko’rsata olishiga ishonamiz.

«Kechir sevgi» — kinorejissor Dilshod Ahmedovning ayni kunda suratga olinayotgan yangi kinokartinasi mana shunday nomlanadi. Filmda sof muhabbat va odam savdosi ko’rsatiladi. Film bosh operatori Umid Malikov. Rollarda esa Ulug’bek Dadajonov, Shahlo Temirova, Jasur Kenjaev, Matyoqub Matchonov va Muyassar Berdiqulova kabi aktyor va aktrisalar suratga tushishmoqda. Film voqealari Toshkentda va Dubayda suratga olinmoqda. Mazkur kinokartina haqida keyinroq yana batafsil to’xtalamiz.

Quyida siz azizlar uchun hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 687 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *