Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Dilor, Dilor, dil va or» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!!!
28 Mart, 2015

«Dilor, Dilor, dil va or» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!!!

Dilor, Dilor, dil va or prem'eraKuni kecha, 27-mart sanasida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda afsonaviy kinorejissor Shuhrat Abbosovning «Dilor, Dilor, dil va or» nomli uzoq kutilgan kinoasari prem’erasi bo’lib o’tdi. O’zbek xalqi Shuhrat Abbosovni filmlarini juda sevib tomosha qilamiz. Ayniqsa, «Mahallada duv-duv gap» filmi O’zbek kinosining shubhasiz oltin kolleksiyasi qatoridan o’rin olgan.

«Dilor, Dilor, dil va or» nomli yangi film prem’erasiga SB.uz portali ijodiy jamoasi ham tashrif buyurdi. Bir necha yillardan buyon o’zining yangi kinoasarini taqdim etmayotgan kinorejissor Shuhrat Abbosovning filmlarini tomoshabinlar juda sog’inishgan ekan. Kinoteatr tomoshabinlar bilan to’lib toshdi. Ushbu film bugungi kunda suratga olinayotgan bir qator sayoz filmlardan tubdan farq qiladi. Filmda o’zbek xalqini Mustaqillik yillariga qadar chekkan azoblari namoyon bo’ladi. O’ta dardli tarzda suratga olingan ushbu kartinada Shahlo Temirova, Zuhra Turg’unpo’latova, Erkin Bozorov, Akmal Nazarov, Habibullo Nizomov hamda A’zamjon Shokirjonov kabi aktyor va aktrisalar o’zlariga topshirilgan rollarni qoyilmaqom qilib ijro etishgan. Quyida siz azizlar uchun mazkur film prem’erasidan bir qator fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 110 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *