Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Dilmurod Agzamov yangi film boshlamoqda
18 Fev, 2013

Dilmurod Agzamov yangi film boshlamoqda

Dilmurod AgzamovSB.uz portalining yangi madhiyasining klipi ustida ayni damda ish olib borayotgan iste’dodli rejissor Dilmurod Agzamovdan xush xabar eshitdik. Bu xabardan sizni ham boxabar etish maqsadida yangilik yozishga qaror qildik. Dilmurod Agzamov shu oy so’ngida, SB.uz portali madhiyasi klipini bitirib bo’lgach, o’zining ilk rejissorlik filmini suratga olishga kirishadi.

Dilmurod Agzamov suratga olishga kirishayotgan yangi film nomi «Dardim ichimda» deb nomlandi. Mazkur film ssenariysi Anvar Ismoilov, Ahror Nurmuhammad va Shoira G’iyosova hisoblanadi. G;oya muallifi Dilmurod Agzamov. Filmda Sitora Alimjonova va Doniyor Hafizov bosh rollarni ijro etishadi.
Dilmurod Agzamov shu kunga qadar «Oshiqlar», «Yig’lamagin», «Men bu men», «O’g'rigina kelin», «Kelgindi kelin 2″ filmlarida ikkinchi rejissor sifatida ishlagan. Shuningdek, Manzura, Doston Ubaydullaev, Ali Otajonov, Zamzama, Ulug’bek Ismoilov, Yoqutjon Rajabov, Rayhon, Doniyor Agzamov hamda «100%» guruhiga kliplar suratga olgan.
Bizning portalimizni kuzatishda davom eting va siz ushbu filmning suratga olish jarayonidan qaynoq xabarlarni bilib borasiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 378 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *