Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Dilmurod Agzamov «Kapalak» filmi ustida ish boshladi!
6 Okt, 2013

Dilmurod Agzamov «Kapalak» filmi ustida ish boshladi!

Dilmurod AgzamovYosh kinorejissor Dilmurod Agzamov o’zining ikkinchi filmini suratga olish uchun tayyorgarliklar ko’rmoqda. Xabaringiz bor, Dilmurod yaqindagina o’zining «Dardim ichimda» nomli kinokartinasini taqdim etgan edi. Mana bugun esa u yana bir filmni boshlash arafasida turibdi.

Yangi kartina «Kapalak» deb nomlanmoqda. Mazkur film syujeti haqida Dilmurod sir saqlashni lozim topdi. Filmdagi bosh rolda yana «Dardim ichimda» filmi bosh qahramonini talqin etgan Sitora Alimjonovani ko’rishimiz mumkin. Biroq, Sitoraning bu filmdagi obrazi hali biror bir filmda ijro etilmagan obraz ekanligini alohida ta’kidlab o’tishdi. Demak, oldinda bizni qiziqarli film kutayotganga o’xshaydi. Biz bilan birga qoling aziz muxlislar, voqealar rivojidan sizni voqif etib boramiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 432 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *