Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Dardim ichimda» qaynoq yozda prem’era!!!
3 Avg, 2013

«Dardim ichimda» qaynoq yozda prem’era!!!

Dardim ichimdaSB.uz portalining 2013 yilgi madhiyasiga suratga olingan klip rejissori Dilmurod Agzamov o’zining ilk kinokartinasini keng ommaga taqdim etish niyatida. Kuni kecha «O’zbekkino»dan ruhsatnomani qo’lga kiritgan Dilmurod hozirda yozning qaynoq kunlarida ilk filmi prem’erasini taqdim etish uchun taraddud ko’rmoqda.

«Dardim ichimda» — Dilmurod Agzamovning ilk kinoasari aynan shunday nomlanadi. Biz bu film haqida avval ham xabar bergan edik. Filmni suratga olish jarayonidan bir qator fotosuratlarni siz azizlarga taqdim etganimiz yodingizdadir. Ana endi esa quvonchli xabarni sizlarga yetkazishga shoshilamiz. 7-avgust kuni Dilmurod Agzamovning «Dardim ichimda» nomli filmi prem’erasi bo’lib o’tadi. Mazkur kartinadi siz bosh rollarda Sitora Alimjonova hamda Doniyor Hafizovni ko’rishingiz mumkin. Film dardli melodrama bo’lib, siz azizlarga manzur bo’ladi, degan umiddamiz. Kartinada ko’plab elimiz suygan aktyor va aktrisalar ham bir qator rollarni talqin etishgan. Biz, siz azizlarga mazkur filmga oid barcha ma’lumotlarni yetkazishga harakat qilamiz. Nasib qilsa, har kuni «Dardim ichimda» filmiga birma bir to’xtalib o’tamiz. 8-avgustdan katta ekranlarga chiqadigan filmning ilk tomoshabiniga aylanishni istasangiz, portalimizni kuzatib boring!!!

Dardim ichimda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 878 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. men ozim jiung guo xinjiang dadirman…uyghur men..ozbikqa madaniyat ham qoshiqlarni juda yahshi koramon…menga juda kop wa ag yaggi ozbikqa qoshiqlar kerek…keqirsizlar, men ozbikqini yahshi yozalmigan bolsam…organixka yardam berilar…

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *