Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Avg, 2014

«Dard» filmi prem’erasiga taklifnoma yutib oling!!!

DardO’zbek kinoijodkorlari yana bir yangi kinokartinani keng ommaga taqdim etish arafasida turishibdi. «Inson» kinostudiyasi tomonidan taqdim etilayotgan yangi film «Dard» deb nomlanadi. Mazkur film haqida bugun biz sizlarga bir qator ma’lumotlarni yetkazib o’tmoqchimiz.

«Dard» filmi 8 avgust sanasida o’zining ilk namoyishini o’tkazadi. Aynan mana shu kuni kinokartinaning prem’erasi bir emas, ikki kinosaroyda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Prem’eraning birinchisi soat 17:00da Kinochilar Uyida bo’lib o’tadigan bo’lsa, ikkinchi prem’era Alisher Navoiy kinosaroyida soat 18:00da bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Ushbu kinokartinaning ilk tomoshabiniga aylanish imkoniyati sizlarda mavjud. Ya’ni, siz film prem’erasi uchun maxsus taklifnomani bizning portalimizdan yutib olishingiz mumkin. Buning uchun ushbu filmdagi bosh rollarni kimlar ijro etganliklarini eng birinchi bo’lib info@sb.uz elektron pochtasiga yo’llashingiz talab etiladi. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!!! Juda ham oson savollarga tezkorlik bilan javob yo’llashingiz lozim. Darvoqe, javoblar bilan birgalikda siz bilan bog’lanish uchun telefon raqamlaringizni ham yozib yuborishni unutmang!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 276 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *