Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Okt, 2007

«Chilla»ga oz qoldi…

Bugungi kunga qadar kinomotografiya hattoki eng talabchan tomoshabinning qalbiga joy topa olish pog’onasiga erishdi. Yangi taasurotlardan zavqlanish niyatida, biz qonli janglar, go’zal muhabbat va sodda komediyalarning guvohi bo’lib, shu asarlarning qahramonlari bilan ularning yaxshilik va yomonlik dastida kurashish jarayonida hamdardlashib kelmoqdamiz. Go’yoki ularning o’rnida o’zimizni his qilmoqchi bo’lamiz. Bizning davrimiz qahramoni kim ekan?

O’rgimchak odam, ulug’ kompyuterchi yoki qurol va jangovar san’at ustasi super agentimi? Ushbu savollarga javob topish va taqdim etilgan personajlar ichida eng yaxshisini tanlab olish murakkabdir. Ko’pincha kino san’atini yaratuvchilar o’z qahramonlariga afsonaviy obraz yaratish maqsadida ularga oddiy insoniy hislat va fazilatlarini berishni unutadilar. Buning isboti oddiy ochiq ko’ngil va mehribon, yordamga muhtoj har bir insonga chin yurakdan qo’l uzatayotgan shahar yigiti bugungi kun talablariga muvofiq emasligi o’z isbotini topmoqda. Aynan shunday qahramonni Javohir Zokirov va G’ofur Ergashevlarning ijodiy guruhi yaratishga urunishdi. Bu hikoya odamlarning qadr-qiymatini biluvchi, Toshkent shahrida yashovchi zamonaviy odamlarning va bir yigit haqidagi hikoyasi aks ettiriladi. Bu filmning voqeasi shuni ko’rsatadiki, filmning bosh qahramoni Alisher (Javohir Zokirov) insonlarning muammolari, hattoki ularning kichik murojaatlariga sovuqqonlik bilan qarolmay, aksincha ularga chin yurakdan yordam berishga harakat qiladi. Ularning har bir qadami mehribon harakatidir. Lekin qancha bunday harakatlarni qilsa, shuncha noqulay vaziyatlarga tushaveradi. Shunga qaramay ushbu film ijobiyligi va lirika bilan boyitilganligi bilan ajralib turadi. Mazkur filmni yaratgan rejissor o’z kartinasidag hazil mutoyibani boyitib yaratganligi oqibatida, tomoshabinlar bu filmni yaqin qabul qilishlariga erishdi. Albatta bu film ijobiy tugashi aniqdir. Va bu filmning qahramoni hamma qiyinchiliklarni yengib, o’z yaqinlari orasida yutuqlarga erishadi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, bu hayotda qahramon nomiga sazovor bo’lish uchun tog’larni yengib o’tish shart emasdir, vaholanki bu dunyoda biz hammamiz bir-birimizga bog’liqmiz va bir-birimizning yordamimizga muhtojmiz. Chunki bunday yordamga har birimiz qachonlardir muhtoj bo’lishimiz mumkin!

«Chilla» filmi haqidagi barcha aniq va to’liq ma’lumotlar faqat va faqat
www.Shou-bizneS.uz portalidan o’rin egallaydi!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *