Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Noy, 2007

«Chilla»chilarning fikri…

Chilla«Chilla» badiiy filmi haqida sizga anchagina ma’lumotlar berib bormoqdamiz. Film ijodkorlariyu, aktyorlari haqida siz yetarlicha ma’lumotga ega bo’ldingiz. Endi navbat aynan ularning film haqidagi fikrlariga yetdi. Ushbu maqola orqali siz film haqida film ijodkorlari va aktyorlaridan fikr bilib olishingiz mumkin. Xo’sh, Mavluda Asalxo’jaeva, Yulduz Hamidova, G’ofur Ergashev hamda Davlet Yo’ldoshevning film haqida fikrlari qanday?

Yulduz Hamidova: Bu filmda men kelinning onasi rolini ijro etdim. Rostini aytsam, bu rolni ijro etishga men boshida roziligimni bermagan edim, chunki mening harakterim va dunyoqarashim mening qahramonim bilan tubdan ajralib turishligini bildim va menga berilgan rolni Gavhar Zokirova ijro etishishini rejissorga tavsiya etganimda Javohir Zokirov menga Gavhar Zokirova bu filmda kuyov onasi rolini ijro etayotganligi haqida ma’lum qildi. Buni bilib, men ushbu mahoratli aktrisa bilan bir filmda suratga tushish niyatida o’z roziligimni bildirdim.
Ushbu film, «To’ylar muborak» filmidan farq qiladi, chunki bizning filmimiz zamonaviy yo’nalishda suratga olingan, bu esa o’z navbatida, film qahramonlarini yangi holda aks ettirilganligi yaqqol ko’rinib turibdi.
 
G’ofur Ergashev (film rejissori): Bu film olinayotgan vaqtda havo juda issiq bo’lgani sababli biz ko’pincha kechasi va erta tongda suratga olishga majbur bo’ldik.  Men va Javohir Zokirov rejessor sifatida, Ruslan Sharipov va Davletbek Yo’ldoshev aktyorlar sifatida, debyutant bo’lganligimizga qaramay, o’z ishimizga o’ta ma’suliyatlik va professionalizm bilan yondoshdik. Bizning bu ishimizga tomoshabin baho beradi.

Mavluda Asalxo’jaeva: Javohir menga bu filmda rol ijro etishni taklif qilganida, men Javohirni yaxshi aktyor sifatida bilganligim va u juda iste’dodli inson bo’lganligi sababli, o’z roziligimni berdim. Bu ijodiy guruh bilan ishlash menga juda yoqdi. Hozirgi vaqtda o’zbek kino san’atida juda ko’p yoshlar suratga olinmoqda, bu esa o’z navbatda bu filmlarning yetarli darajada yaratilayotganligini aks etadi. Javohir esa, aksincha o’z filmiga xalqga tanilgan va professional tomonidan yoqori  aktyorlarni hamda boshqa mutaxassislarni jalb etganligi sababli, bu filmning sifati yuqoriligi o’z o’zidan ko’rinib turibdi. Men ham o’z navbatida rolimni, filmdagi qahramonimni obraziga kirishgan holda zavqlanib ijro etishga harakat qildim. Javohir o’z ishiga o’ta ma’suliyat bilan yondoshib ishlashini guvohi bo’ldim. Hozirgi vaqtda, ushbu filmni montaj ishlari amalga oshirilayotgan bo’lsada, bu film tomoshabinga ma’qul kelishiga men ishonaman.
 
Davletbek Yo’ldoshev (debyutant aktyor): Bu ish mening ijodimda birinchi bor katta rol hisoblanadi, chunki ilgari men kichik rollarda suratga tushganman. Bu film yoshligimdan eng yaxshi ko’rgan filmlarning biri, ya’ni «To’ylar muborak» filmining remeyki bo’lgani sababli men jonim bilan suratga tushishga o’z roziligimni bildirdim. Ish jarayonida ayrim qiyinchiliklarga ham duch keldik, ya’ni ba’zi epizodlarni bir necha dublda suratga olishimizga to’g'ri keldi. Masalan, men bir epizodimda baland joyga chiqishim kerak edi, ammo bu epizodni biz faqat 5-dublda suratga oldik. Bu film jazira kunlari suratga olinganligiga qaramay, shu vaqtlarni hursand bo’lib eslayman. Men, bu filmga o’z hissamni qo’shganligim sababli bu ishdan tushgan gonorarimni hayriya fondiga o’tkazishni ahd qildim.

Chilla

Chilla

Chilla


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *