Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Avg, 2009

Burxon Sharopovdan yangi film: «Tango»!

TangoKino rejissor Burxon Sharopovni «Jonim seni yohud egizaklar», «Niqob» va boshqa filmlari orqali yaxshi taniysiz. Hozirda Burxon Sharopov yangi «Tango» deb nomlangan kartinani suratga olish ishlari yakunladi va birinchilar qatorida eksklyuziv tarzda aynan bizning SB.uz portalimizga filmdan fotolavhalarni taqdim qildi…

Burxon Sharopovning yangi kartinasi komediya, romantik-melodrama janrida suratga olingan. Bu film yoshlar mavzusiga xos film. Bu bilan faqat yoshlar uchun demoqchi emasmiz. Katta yoshdagilarning ham tomosha qilishi tavsiya qilinadi. Bugungi kunda ota-onalarimiz bolani yoshligidan tarbiya qilib o’stirishadi-yu, lekin ayni uylanish va hayotdagi yo’lini topishida farzandning ham fikriga quloq solish kerak.
Rollarda: O’zbekiston xalq artisti Murod Rajabov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Saida Rametova, Yulduz Hamidova, Hamid Toshpo’latov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Hosiyat Xusanova, Shohida Ismoilova va Ulug’bek Qosimov. Yosh debyutant aktyor Jamshid Muhamedov filmda bosh qahramon obrazida namoyon bo’ladi. Bosh qahramon qiz rolini esa Asal Shodieva talqin qilgan. Hozirda filmning montaj ishlari yakunlanib, ovozlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Yaqin kunlarda debyutant aktyor Jamshid Muhamedov haqidagi batafsil ma’lumotni portalimiz orqali o’qishingiz mumkin.

Tango

Tango

Tango

Tango

Tango

Tango

Tango


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *