Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Iyun, 2006

Bugun "SMS" filmining prem’erasi bo’lib o’tdi

SMSBugun soat 19:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida «SMS», «Sen meni sevasanmi?» nomli yangi kinokartinani prem’erasi bo’lib o’tdi. Debyutant rejissor Sohib Abbosxonning ilk filmini prem’erasiga tashrif buyurgan kinoshunoslar hamda tomoshabinlar filmni yaxshi qarshi olishdi. Filmning hayotiy voqeliklar asosida suratga olingani hamda kinozalga tashrif buyurgan tomoshabinlarni ushlab tura olishi eng katta yutug’i deyishimiz mumkin. Estradamiz yulduzlari Sardor Rahimxon hamda «Se*Tanho» guruhi qizlari ham o’z rollarini a’lo darajada ijro etishgan. Filmda shuningdek, Mirza Azizov, Adiz Rajabov, Saida Rametova, Jahongir Mirzo, Sanjar Shodiev va hatto Ravshan Komilovlarni ham ko’rishingiz mumkin. Adizning aktyorlik mahoratiga tan bermasdan iloj yo’q. U o’z ishini, aktyorlikning ustasi ekanligini yana bir bor isbotladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *