Bugun Dilmurod Agzamov uylandi!!!
O’zbek kino olamining yosh rejissorlaridan biri Dilmurod Agzamov bugun bo’ydoqla safidan rasman ketdi. Shou-biznes olamining barcha vakillari bugun bir manzilda jamul-jam bo’lishdi. Shahrimizning ko’rkam restoranlaridan biri «Hayot» restoranida Dilmurod Agzamov va Mohinurlarning nikoh to’ylari bo’lib o’tdi.
Nikoh oqshomida o’zbek estradasi va kino olamining bir qator mashhur yulduzlarini uchratishingiz mumkin edi. Dilmurodning akasi taniqli bastakor Doniyor Agzamov tinim bilmay, tashrif buyurgan mehmonlarni qarshi olish bilan ovora bo’ldi. Fayzli va quvnoq o’tgan mazkur oqshom sababchilari Dilmurod va Mohinurga biz baxt-saodat, omad hamda quvonch va chiroyli hayotni tilab qolamiz. Baxt to’yingiz muborak bo’lsin!!!