Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Bugun «Ayriliq-2» filmining prem’erasi bo’lib o’tdi!!!
11 Mart, 2015

Bugun «Ayriliq-2» filmining prem’erasi bo’lib o’tdi!!!

Ayriliq 2Bugun 2015-yilning 11-mart sanasida Alisher Navoiy nomli kinosaroyida iste’dodli kinorejissor Durdon To’laganovaning navbatdagi kinokartinasining prem’erasi bo’lib o’tdi. Yodingizda bo’lsa, 2013-yilda Durdona To’laganova o’zining «Ayriliq» filmini keng ommaga taqdim etgan edi. Bugun esa mazkur kartinaning ikkinchi qismi ekran yuzini ko’rdi.

«Fox Music Cinema» studiyasi tomonidan suratga tushirilgan «Ayriliq» kinokartinasining davomi hisoblanmish «Ayriliq-2″ filmi prem’erasiga juda ham ko’plab kinotomoshabin tashrif buyurdi. Film namoyishidan avval «Navo» guruhi, Jahongir hamda Ali Otajonovlar o’zlarining kuy-qo’shiqlari bilan chiqish qilishdi. So’ngra esa kinoijodkorlarni suxandon Ravshan Hakimov sahnaga taklif etdi. Film prem’erasini tomosha qilish uchun tashrif buyurganlar orasida mashhur shaxslarni ham ko’plab uchratish mumkin edi. Ayniqsa, kinorejissorlar ko’pchilikni tashkil etishdi. Albatta har bir yangi filmni kuzatib borish uchun kinorejissorlar tashrif buyuradilar, qolaversa hamkasblarini qo’llab-quvvatlab turadilar. Bugundan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyishi boshlangan «Ayriliq-2″ kartinasi voqealari haqida ortiqcha so’z yuritib o’tirmaymiz. Yaxshisi o’zingiz tashrif buyurib, tomosha qilsangiz barchasini bilib olasiz!!!

Quyida siz azizlar uchun prem’era davomida hamkorimiz MuhammadZiyo tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 818 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *