Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Boyvachcha kuyov» prem’erasidan fotoreportaj!!!
15 Okt, 2016

«Boyvachcha kuyov» prem’erasidan fotoreportaj!!!

Boyvachcha kuyov prem'eraRejissor Bahrom Yoqubovdan navbatdagi film prem’erasi kuni kecha, ya’ni 14 oktyabr kuni soat 18:30da Alisher Navoiy kinosaroyida bo’lib o’tdi. Anchadan buyon Bahrom Yoqubovdan bunday komediya janridagi filmlarni ko’rmayotgan edik.

Prem’eraga tashrif buyurgan kinotomoshabinlar filmni miriqib tomosha qilishdi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. «Boyvachcha kuyov» deb nomlangan mazkur yangi kinokartinada bosh rollarda Yulduz Rajabova, Alisher Usmonov, Saida Rametova, Zarina Nizomiddinova, Asqar Hikmatov, Murod Rajabov, Muhammadiso Abdulhayirov va yana shu kabi ko’plab kino olamining yorqin namoyondalarini ko’rishingiz mumkin. Juda ham ajoyib va yorqin aktyorlar ansamblidan tashkil topgan ushbu kinokartina bolalar uyida o’sib, keyinchalik boyib ketgan bir yigitning hayoti haqida haqida hikoya qiladi. U shifokorlarning tashxisiga ko’ra og’ir xastalik bilan kasallanib, 1 yilgina umri qolganligi ma’lum bo’ladi. Shundan so’ng film qahramoni o’z oldiga o’zidan nasl qoldirishni maqsad qilib qo’yadi. Darhol uylanish uchun qiz qidira boshlaydi. Ana shundan voqealar qizg’in tus ola boshlaydi. Tasavvur qiling, hech kimi yo’q yigit uylanish uchun taraddud ko’rmoqda, sovchilik uchun yuborishga ham birorta yaqin qarindoshi ham yo’q… Xullas, film haqida so’zlab bersak qizig’i qolmaydi. Yaxshisi kinoteatrga tashrif buyurib, filmni tomosha qilishni tavsiya etamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayoni davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *