Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Boy bo’lma, sahiy bo’l» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!
13 Noy, 2016

«Boy bo’lma, sahiy bo’l» filmi prem’erasidan fotoreportaj!!!

Boy bo'lma, sahiy bo'l prem'eraBir guruh o’zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «Boy bo’lma, sahiy bo’l» deb nomlangan yangi kinokartina katta ekranlarga chiqdi. 11-noyabr kuni soat 18:00da Alisher Navoiy kinosaroyida mazkur film prem’erasi bo’lib o’tdi. Qiziqarli va ta’sirli tarzda suratga olingan mazkur kartina tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo’ldi.

Suhrob Xasanov rejissorligi ostida suratga olingan «Boy bo’lma, sahiy bo’l» filmi o’zining tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi bilan kinotomoshabin qalbidan joy olishi shubhasiz. Filmda yaxshilik va yomonlikni o’zaro to’qnashuvini ko’rish mumkin. Ularning qay biri g’olib chiqishi haqida so’zlaydigan ushbu kinokartinada bosh rollarni Sevara Solieva, Saida Saidbekova, Suhrob Xasanov hamda Aziz Rametovlar talqinida ko’rishingiz mumkin. Film prem’erasiga minglab tomoshabinlar tashrif buyurishdi. Ular orasida kino va shou-biznes olami vakillarini ham uchratish mumkin edi. Prem’erani olib borish vazifasi esa suxandon va aktyor Mirtohir Mirg’ulomov zimmasiga yuklatildi. Agarda siz ham ushbu filmni tomosha qilish istagida bo’lsangiz, yurtimiz kinoteatrlariga tashrif buyurib tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *