«Kunlardan 1 kun» filmi prem’erasidan fotoreportaj!
Kuni kecha, 29-oktyabr sanasida Kinochilar uyi hamda Alisher Navoiy kinoteatrlarida kinorejissor Sohib Abbosxonning yangi «Kunlardan 1 kun» nomli kinokartinasining prem’erasi bo’lib o’tdi. Mazkur filmda bosh rollarda Diyor va Elyor Mahkamov, «ElDiDo» guruhi, Shahzoda Muhammedova hamda Nargiza Salmonovalarni ko’rishingiz mumkin.
Sarguzashtli voqealar asosida suratga olingan mazkur kinokartina ssenariy muallifi Jahongir Ahmedov hisoblanadi. Film operatori Iqbol Meliqo’ziev. «Fox Music Cinema» studiyasi tomonidan taqdim etilgan mazkur kartinada shuningdek ustoz san’atkor Saida Rametovani ham ko’rishingiz mumkin. 30 oktyabrdan katta ekranlarga taqdim etilgan Sohib Abbosxonning «Kunlardan 1 kun» filmini endilikda bemalol kinoteatrlarga tashrif buyurib, tomosha qilishingiz mumkin. Quyida esa siz azizlar uchun prem’era jarayonidan maxsus fotosuratlarni taqdim etmoqdamiz.