Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Bir haftalik xo’jayin» filmi prem’erasidan reportaj!!!
22 Yan, 2014

«Bir haftalik xo’jayin» filmi prem’erasidan reportaj!!!

Bir haftalik xo'jayinO’zbek kino ijodkorlar tinmay filmlar suratga tushirishmoqda. Bugun yana bir kinokartinaning prem’erasi bo’lib o’tdi. Yosh rejissor Sherzod O’lmasov tomonidan suratga olingan romantik kinokomediya «Bir haftalik xo’jayin» deb nomlanadi. Mazkur film prem’erasidan reportajni qarshi oling!!!

Alisher Navoiy kino saroyi bugun 2014-yilning 22-yanvar sanasida tomoshabinlar bilan to’lib toshdi. Sababi esa, yuqorida aytib o’tganimizdek yangi film prem’erasi. «Bir haftalik xo’jayin» deb nom olgan yangi kartinaning nomini o’ziyoq sizlarni e’tiboringizni tortgan bo’lsa ajab emas. Mazkur kartinada Nargiza Salmonova, Zuhra Solieva, Yoqub Ahmedov, Jumadilla Rametov, Alisher Parmonov kabi aktyorlar ishtirok etishgan. Film prem’erasi oldidan kichik konsert ham bo’lib o’tdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero, film namoyishiga qadar bir qator musiqiy chiqishlar bilan estrada vakillari hamda, raqs ustalari tashrif buyurganlarning ko’nglini olishga harakat qildilar. So’ngra esa film ijodkorlari sahnaga chiqishdi. Ijodkorlar bilan qisqacha tanishuv bo’lib o’tgach esa, filmning ilk namoyishi bo’lib o’tdi. Qiziqarli filmning voqeasi haqida ortiqcha to’xtalib o’tirmaymiz, yaxshisi buni o’zingiz 23-yanvardan boshlab istalgan kunda kinoteatrlarga tashrif buyurib, tomosha qilgan holda bilib olganingiz ma’qul.

«Bir haftalik xo’jayin» filmi prem’erasidan fotosuratlar hamkorimiz fotosuratchi Sarvar Sobirov tomonidan suratga tushirildi.

 

Mr. EDITOR

Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 413 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *