Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Baron» filmining yopiq prem’erasidan fotoreportaj!!!
16 Yan, 2016

«Baron» filmining yopiq prem’erasidan fotoreportaj!!!

Baron yopiq prem'era

O’zbek kinosida o’ziga xos burilish yasagan iste’dodli kinorejissor Rustam Sa’diev yana bir bor o’zini nimalarga qodir ekanligini hammaga isbotlab qo’ydi. Rustam Sa’dievning yangi suratga olgan «Baron» kinokartinasining ilk tomoshabiniga aylangan san’at ahli va jurnalistlar juda ham katta taasurotlarda chiqishdi.

Kuni kecha, ya’ni 15 yanvar kuni Alisher Navoiy kinosaroyining o’rta zalida bo’lib o’tgan «Baron» kinokartinasining yopiq prem’erasiga SB.uz portali ijodiy jamoasi ham tashrif buyurdi. Barchamiz bilamizki, Rustam Sa’diev o’zining «Muhabbat sinovlari» filmi bilan nafaqat muxlislar ko’nglidan joy olgan, balki kinoteatrlarni yana tomoshabinlar bilan to’lib toshishiga sababchi bo’lgan edi. Mana navbatdagi shedevr kinoasar ham o’zbek kinosida mutlaqo yangi burilishni yasadi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Filmda dramaturgiya ham, postanovka ham, rejissura ham, operatorlik ishlari ham juda ham to’g'ri qo’yilgan. har bir jabhada o’z ishining ustalari ishlagani shundoqqina ko’rinib turibdi. Hattoki, filmdagi debyutant aktyorlar ham jahon kinosi yulduzlari bilan yonma-yon professional aktyorlarcha harakat qilishiga erishish bu albatta rejissorning yutug’idir! O’zbek kinotomoshabinlarining talab va istaklariga binoan har xil o’ldim-kuydim shaklidagi siyqasi chiqqan sevgi-muhabbat mavzudan yiroqlashgan holda jahon filmlari kabi jangari sahnalarga boy kinoasar suratga olingan. Rustam Sa’dievning bunday yuksak yutug’i bilan biz chin dildan muborakbod etib qolamiz! Bundan keyin ham mana shu kabi yuqori mavqedagi kinoasarlari bilan barchamizni xushnud etishiga ishonamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun prem’era davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *