Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Barcha aktrisalar bir filmda!!!
12 Mart, 2016

Barcha aktrisalar bir filmda!!!

Sharofatxonning kelinlari

Ayni kunlarda «MY5″ telekanalining «Kino Life» ko’rsatuvi ijodkorlari yangi loyiha ustida ish olib borishmoqda. Ya’ni, ajoyib film!!! Ruslan Mirzaev g’oyasi, Feruza Fattohova va Saida Vahobova ssenariysi asosida kinorejissor Ozod Shams tomonidan suratga tushirilayotgan yangi film «Sharofatxonning kelinlari yoxud Navro’z muborak» deb nomlanadi.

Mazkur musiqiy filmda siz juda ham ko’p taniqli yulduzlarni ko’rishingiz mumkin. Deyarli barcha mashhur aktrisalar ushbu filmda jam bo’lishgan. Jumladan, Zarina Nizomiddinova, Sevara Solieva, Sitora Alimjonova, Saida Rametova, Zuhrsa Solieva, Muqaddas Sa’dullaeva, Feruza Normatova, Anjelika Esimbetova, Feruza Sabitova, Hilola Hamidova, xullas juda ko’p! Aktyorlardan kimlar rol ijro etayotganligi haqida esa hozircha ma’lumotga ega emasmiz. Hozircha Otabek Mutalxo’jaev ham ushbu filmda bor ekanligidan xabar topdik. «Sharofatxonning kelinlari yoxud Navro’z muborak» musiqiy filmini siz 21 mart kuni «MY5″ telekanali orqali Navro’z tuhfasi sifatida qarshi olishingiz mumkin. Vaqt oz qoldi… Kuting!

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayonida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *