Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Yan, 2008

«Bank o’marishning 3 xil yo’li»…

Bank omarishning 3 xil yoliMaqolaning sarlavhasini o’qib hamma har xil tushunishi tabiiy. Ammo, bu sarlavha yangi kinokartinaning nomiga hamohang ravishda qo’yilgan. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, yosh kinorejissor Rustam Mirzaev yangi film ustida ish boshladi.Film yuqorida aytib o’tganimizdek, «Bank o’marishning 3 xil yo’li» deb nom oldi. Qiziq, film nima haqida? U qanday ko’rinish oladi? Filmda kimlar rol ijro etadi? Bu kabi savollar juda ko’p, ammo ularga hozircha javob berish biroz mushkul. Barchasini tez orada aynan 1 raqamli portal orqali bilib olishingiz mumkin.
Agarda siz ham mana shu filmda suratga tushishni istasangiz, unda o’z fotosuratlaringiz hamda o’zingiz haqingizdagi ma’lumotnomani Toshkent shahrida joylashgan «Kinomir» magazinlarida qoldirishingiz mumkin. (Manzillar: metroning Chilonzor bekati, «G’uncha» kinoteatri, «Ganga» magazini).

 

Bank omarishning 3 xil yoli


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *