Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Fev, 2007

"Azizim" filmining bosh rolida Shahriyor!!!

Azizim filmidan fotosurat8 aprel kuni Shahriyor o’zbek estradasiga qadam qo’yganiga endigina 1 yil bo’ladi. Biroq, chetdan nazar tashlaganda bu unchalik ishonish qiyin bo’lgan haqiqat! Juda ham qisqa fursat ichida O’zbek shou-biznesining yuqori cho’qqilarini zabt etgan bu yigit yangi «Azizim» nomli kinokartinada bosh qahramon rolini ijro etdi.

11 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda taqdimot marosimi bo’ladigan mazkur kinokartina haqida unchalik ko’p ma’lumotga ega emasmiz. Biroq, film o’zbek hamda rus kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinganligini sizga ma’lum qilishimiz mumkin. Shahriyorning filmdagi ijrosi haqida uning adminstratorlari ortiqcha to’xtalib o’tirishmadi. Zero, har bir filmda, har bir aktyor va aktrisada ham o’ziga yarasha kamchilik bo’ladi. Uning ijrosi qay darajada chiqqanligini faqatgina prem’era kuni tomosha qilib bilib olishimiz mumkin. Shunday bo’lsada biz ijobiy natijalarga umid qilamiz. Darvoqe, film suratga olish jarayonida «Dadajon» deb nomlangan edi.

Azizim filmidan fotosurat

Azizim filmidan fotosurat


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *