Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Aziza Halilovaning nikoh oqshomidan fotoreportaj!!!
13 Noy, 2015

Aziza Halilovaning nikoh oqshomidan fotoreportaj!!!

Aziza Halilovaning nikoh oqshomi

O’zbek estradasi va kino olamida qisqa muddat faoliyat yuritgan, bugungi kunda esa Malayziyaning eng mashhur modellaridan biriga aylangan Aziza Halilova kuni kecha turmushga chiqdi. Mazkur nikoh oqshomiga SB.uz portali ijodiy jamoasi ham taklif etildi. Bugun mana shu baxt kechasidan tayyorlangan fotoreportajni e’tiboringizga tortiq etamiz.

Aziza Halilovaning nikoh oqshomi 11 noyabr kuni «Yakka Saroy» restoranida bo’lib o’tdi. Uning turmush o’rtog’ining ismi Rustam. Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko’ra Rustam xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan tadbirkor hisoblanadi. Ammo, kuyovbolaning nima ish qilishi muhim emas. Muhimi, ikki yoshning kelajagi porloq va baxtli kechishida, deb hisoblaymiz. «Yakka Saroy» restorani juda ham a’lo darajada bezatilgan bo’lib, bu nikoh oqshomini haqiqiy romantik to’y, deb atasak to’g'ri bo’lsa kerak. Zero, kelin va kuyov to’yga qadar ham bir qator ajoyib g’oyalari ustida ish olib borganliklari ko’rinib turardi. Ulardan biri kelin va kuyov ishtirokidagi kichik bir film tarzida suratga olingan video. Unda Aziza va Rustam bundan bir necha asr muqaddamgi hayotga tushib qolishadi. Aziza podshohning qizi, Rustam esa yo’lda malikaga uyushtirilgan xujumda Azizani qutqarib qoladi. Mana shundan ikki yosh o’rtasida muhabbat paydo bo’ladi. Xullas, juda ham ajoyib tarzda suratga olingan kichik bir filmni nikoh tantanasiga tashrif buyurgan mehmonlargina tomosha qilishga musharraf bo’lishdi. Kelin bilan kuyovni muborakbod etish uchun tashrif buyurganlar orasida O’zbekiston Respublikasi xalq artisti Farruh Zokirov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Rashid Xoliqov, estrada yulduzlari Shahzoda va Dj Piligrimlarni ko’rishingiz mumkin edi. To’yning boshidan oxiriga qadar o’z kuy-qo’shiqlari bilan tashrif buyurgan mehmonlarni kayfiyatlarni chog’ qilib turgan jamoa esa VIA «Sharq» guruhi bo’ldi. Nikoh oqshomida boshlovchilik qilish vazifasi Fara Alimov hamda Nilufar Sotiboldievalar zimmasiga yuklatildi. Mehmonlar orasida esa ham bir qator taniqli yulduzlar va shaxslarni ko’rish mumkin edi. Jumladan, Samandar Hamroqulov, «O’zbegim Taronasi» radiosining rahbari Mahmud Masharipov, radioboshlovchi Amaliya, shoir Yakzon, Sitora Ahmedova, o’zbek futboli afsonalaridan biri Azamat Abdurayimov va boshqalar.

To’y juda ham chiroyli va fayzli o’tdi. Umid qilamizki, ularning hayotlari ham mana shunday go’zal tarzda kechadi. Baxt, omad, quvonch, sog’lik sizlarni hech qachon tark etmasin Rustam va Aziza!!!

Quyida siz azizlar uchunnikoh oqshomi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 12 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *