Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Ayriliq» filmi ham katta ekranga chiqdi!
1 Iyun, 2013

«Ayriliq» filmi ham katta ekranga chiqdi!

Ayriliq prem'era2013 yil 31 may sanasida bir emas, naqd ikki film prem’erasi bo’lib o’tdi. Ulardan biri haqida avvalroq ma’lumot bergan edik,. Ana endi esa yana biri haqida so’z yuritamiz. kinorejissor Durdona To’laganovaning «Ayriliq» filmi ham o’z prem’erasini o’tkazdi. Bu film prem’erasi 19:00da boshlandi.

Kinochilar uyida bo’lib o’tgan «Ayriliq» filmi prem’erasiga ham juda ko’plab tomoshabinlar tashrif buyurishdi. Kinoteatrning 4ta zalida aynan mazkur film prem’erasi taqdim etildi. Filmni tomosha qilishga tashrif buyurgan kinosevarlar ko’pligidan hattoki filmni turib tomosha qilayotganlarni ham kuzatish mumkin edi. Bu yerda bosh rollarda yoqimtoy aktrisa Sitora Alimjonova hamda Ali Otajonovni ko’rishingiz mumkin. Melodrama janrida suratga olingan mazkur filmda shuningdek Rihsitilla Abdullaev, Ra’no Yarasheva kabi taniqli aktyor va aktrisalar ham ishtirok etishgan. «Ayriliq» filmini tomosha qilishni istagan tomoshabinlar 1 iyundan boshlab Alisher Navoiy kinosaroyi, Kinochikar uyi hamda «Mega Cinema» kinoteatrlariga tashrif buyurishlari mumkin.

Ushbu film prem’era jarayonida tushirilgan fotosuratlar ham «Asr media» fotosuratchisi tomonidan bizning portalimiz uchun eksklyuziv tasvirga tushirildi.

Asr Media

Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 2 205 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *