Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Apr, 2010

Asal Shodievani kim yig'latdi?

Qalb ko'ziO'zining bir-biridan ajoyib rollari bilan tomoshabinlarning qalbidan o'rin olib kelayotgan Asal Shodieva sira ijoddan to'xtamayapti. Buni qarangki shu kunlarda aktrisamizni kimdir qattiq hafa qilgan ko'rinadi. Yoki bu Asalning navbatdagi aktrisalik mahoratimi?

Xullas biz bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Asal Shodieva bilan bog'landik. Masalaga oydinlik kiritish uchun Asal Shodievaga qo'ng'iroq qilganimizda u bizga: «buni sababini Sanjar Shodiev bilan Erkin Murodovdan so'ranglar, o'zlari aytishsin nima bo'lganini» deganida ochig'i nimalar bo'layotganiga rosa qiziqdik. Oradan hech qancha vaqt o'tmasdan Erkin Murodovning ish joyiga borib bu haqda so'radik. Erkin Murodov: «insonning ikki ko'zi ochiq bo'lgani bilan uning «Qalb ko'zi» ochiq bo'lmasa qiyin ekan» deb bizga bir nechta rasmlarni ko'rsatdi. Asalning yig'lab tushgan rasmi Sanjar Shodiev hamda Erkin Murodovlar birgalikda ishlagan kinolaridan lavha ekanligiga shundagina amin bo'ldik. Ushbu kinoning ishchi nomi: «Qalb ko'zi» bo'lib, scenariysi Sanjar Shodievga tegishli. Kinoda bir nechta mashxur aktyorlar rol ijro etishgan. «Qalb ko'zi»ning premeyrasi may oyining birinchi o'n kunligida bo'lib o'tishi ko'zda tutilmoqda. Film haqida batafsil ma'lumotlarni esa tez kunlarda e'tiboringizga havola qilamiz. Hozir esa «Qalb ko'zi»dan ayrim jarayonlarning fotosuratlarini hukmingizga havola qilamiz.

Sharofiddin Togasharov tayyorladi.

Qalb ko'zi

Qalb ko'zi

Qalb ko'zi

Qalb ko'zi

Qalb ko'zi

Qalb ko'zi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 153 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *