Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Aql va yurak» filmi prem’erasida…
19 Apr, 2013

«Aql va yurak» filmi prem’erasida…

Aql va yurak prem'eraBugun 19 aprel soat 18:00da Alihser Navoiy nomidagi kinosaroyida yangi kinokartinaning prem’erasi bo’lib o’tdi. «Aql va yurak» deb nomlangan mazkur yangi film prem’erasiga bizni Munisa Rizaeva taklif etdi. Munisa Rizaeva mazkur filmda bosh qahramon qiz obrazini talqdin etgan.

«Aql va yurak» filmi suratga olinganiga aslida ancha vaqt bo’ldi. Qandaydir sabablarga ko’ra filmning prem’erasi mana shu kunga yetib keldi. Yodingizda bo’lsa, film uchun Ulug’bek Rahmatullaev tomonidan kuylangan saundtrekni ham saytimiz orqali siz azizlarga taqdim etgan edik. Mana endi film prem’erasidan ma’lumotlar yetkazishimiz ham mumkin. Debyutant rejissor Sherali Islomovning «Aql va yurak» filmida asosiy rollarni Munisa Rizaeva, Alisher Uzoqov, Zarina Nizomiddinova hamda Ulug’bek Rahmatullaevlar ijro etishgan. Shuningdek filmda Sevara Solieva, Ma’murbek Sultonov, Ra’no Yarasheva, To’xtamurod Azizov, Otabek Musaev, Zuhra Ashurova kabi iste’dodli aktyor va aktrisalarimizni ham ko’rishingiz mumkin.
Film prem’erasi boshlanishidan avval sahnaga boshlovchi Akmal Mirzo chiqib Munisa Rizaevani taklif etdi. Munisa Rizaeva esa o’z o’rnida kelgan tomoshabinlarni quvontirish maqsadida o’z ijodidan qo’shiq kuylab berdi. So’ngra sahnaga filmning barcha ijodkorlari birin-ketin chiqib kelishdi. Ijodkorlar tanishtirilgach, so’z navbati film rejissori Sherali Islomovga va taniqli aktyor To’xtamurod Azizovga berildi. Keyin esa kutilgan daqiqalar ham yetib keldi. Ya’ni, film namoyishi. Film haqida nima deyish mumkin. Debyutant rejissor uchun bu film juda ham yaxshi chiqqan. Chiroyli aktyorlar ansambli filmni yuqoriga ko’tarib turibdi. Munisa Rizaeva ham o’ziga berilgan rolni a’lo darajada ijro etib bergan. Alisher Uzoqov, Zarina Nizomiddinova, Ulug’bek Rahmatullaev, Sevara Solieva va Ma’murbek Sultonovlar ham o’z obrazlarini yuqori darajada talqin etishgan. Prem’era jarayonida tushirilgan fotosuratlarni sizlarga taqdim etamiz. Mazkur fotosuratlar bizning hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi tomonidan tasvirga olingan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 2 748 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *