Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Okt, 2007

«Aprel May…» filmi prem’erasi…

Aprel May...Bir necha soat avval, «Aprel May…» deb nomlangan ajoyib film prem’erasi A.Navoiy nomidagi kinosaroyida bo’lib o’tdi. Ushbu film namoyishi boshqa film namoyishlaridan farqi shunda bo’ldiki, bunda karnay surnay navolari bilan mehmonlar kutib olindi.

Film aynan nima uchun «Aprel May…» deb nomlandi? degan savolga film rejissori Zebo Navro’zova quyidagicha javob berdi: »Hozir kuz fasli… Bu faslda har bir inson yana 1 yoshga qariganini his qilib yashaydi. Shuni inobatga olib, insonlar qalbiga bahoriy iliqlik baxsh etish maqsadida, filmni aynan «Aprel May…» deb nomlashga qaror qildik». Filmda shuningdek, Rixsi Ibrohimova, Shohruhxon, Sheroz, Aziz Rametov, Shahzoda (debyutant aktrisa) va boshqa ko’plab aktyor va aktrisalar rol ijro etishgan. Hatto Zebo Navro’zova ham o’ziga xos va o’ta murakkab obraz hisoblangan «ko’zi ojiz ona» rolini talqin qilgan. Bosh qahramon Abdulla rolini Shoxruxxon, Komila obrazini esa, Shahzoda ijro etgan. «Aprel May…» filmi sof muhabbatga yo’g'rilgan film desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Eslatib o’tamiz, «Aprel May…» filmining bosh xomiysi «Sovplastital» korxonasi, bosh axborot ko’magi www.SB.uz portali. Film namoyishi 23 oktyabrdan A.Navoiy nomidagi kinosaroyida boshlanadi. Hozir esa, prem’eradan tushirilgan fotosuratlar bilan tanishing!

Aprel May premerasi

Aprel May premerasi

Aprel May premerasi

Aprel May premerasi

Aprel May premerasi

Aprel May premerasi

Aprel May premerasi

Aprel May premerasi

Aprel May premerasi

Aprel May premerasi

Aprel May premerasi

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 129 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *