Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Okt, 2007

«Aprel May» filmi oktyabr oyida!!!

Aprel May«Davr-S» kinostudiyasi hamda «G’uncha kinoteatri» taqdim etadi: «Aprel May»!!! Mutlaqo yangicha film 23 oktyabrdan e’tiboran Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida hamda «G’uncha» kinoteatrida o’z namoyishini boshlaydi. Filmdagi bosh rolni qizlarning yoqimtoyi Shohruhxon ijro etgan.

«Aprel May»… aktrisa va rejissor Zebo Navro’zovaning navbatdagi ijod mahsuli. Bu film ham ko’proq yoshlarbop talqinda suratga olingan. Shunday ekan, yoshlarga yoqishi aniq! Suratga olish ishlari nafaqat O’zbekistonda, balki Rossiyada ham bo’lib o’tdi. Buni albatta siz filmni tomosha qilganingizda ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Filmda maftunkor yigit rol ijro etgandan so’ng, albatta uning sevimli yori ham bo’lishi ko’p hollarda kuzatiladi. Xo’sh, bu filmning ham malikasi bormi? Bu savolga «HA» degan javob beriladi. Kim ekanligini esa hoziroq ma’lum qilamiz — filmning bosh qahramonlaridan biri, Shohruhxonning sevgan yori obrazida debyutant aktrisa Shahzoda namoyon bo’ladi. Uning ijro mahoratiga esa filmni tomosha qilgach fikr bildirishimiz mumkin. Biroq, umid qilamizki, u o’z qobiliyatini juda ham yaxshi tarzda ko’rsata olgan! «Aprel May» filmi haqida yanada batafsil ma’lumotlar va eksklyuziv fotosuratlar tez orada SB.uz portalidan o’rin egallaydi. Qolaversa, filmning yulduzli prem’erasi uchun 2 kishilik taklifnoma ham qo’lga kiritish imkoniga ega bo’lasiz. Oz qoldi… Biz bilan birga bo’ling!!!

Aprel May

Aprel May

Aprel May

Aprel May


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 75 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *